Toshkent viloyatida erkak $1500ga o‘z ayolini o‘ldirish uchun buyurtma berdi

Toshkent viloyatida erkak $1500ga o‘z ayolini o‘ldirish uchun buyurtma berdi

Toshkent viloyatida erkak 1500 AQSh dollari evaziga o‘z ayolining o‘limini tashkillashtirmoqchi bo‘ldi.

UzNews.uz ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, 11 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro B.YU. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. sobiq turmush o‘rtog‘i 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.M.ni o‘ldirishi uchun unga 1500 AQSh dollari va’da qilayotganligi xaqida ma’lum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 13 fevral kuni soat 20:00da B.YU. buyurtmachi D.A. bilan uchrashib, unga qotillik jinoyati sodir etilganligi saxnalashtirilgan foto suratlar hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasi berilganidan so‘ng buyurtmachi D.A. ishni bitirganligi uchun fuqaro B.YU.ga kelishilgan puldan 400.000 so‘mini berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro D.YU.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!