Toshkent viloyatida er-xotin is gazi sabab vafot etdi

Toshkent viloyatida er-xotin is gazi sabab vafot etdi

Kecha, 3 mart kuni Yangiyul tumani "Markaz " MFYdagi uylardan birida 68 yoshli erkak va uning turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Uznews.uz Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib, xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar ertalab uyidan jonsiz holatda topilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish, miya va o‘pka shishishi sabab bo‘lganligi, buning isboti tariqasida ichki a’zolarining alvon-qizg‘ish rangdaligi ma’lum qilingan.

Hozirda hodisa bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!