Toshkent viloyatida benzin yoqilg‘isi bilan savdo qilayotgan shaxslar aniqlandi

Toshkent viloyatida benzin yoqilg‘isi bilan savdo qilayotgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz va Yangiyo‘l tumani bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 721 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!