Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi

Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi

Toshkent shaharga yangi bosh imom xatib tayinlandi. Andijon viloyat bosh imom xatibi sifatida ishlab kelgan Nuriddin domla Xoliqnazarov ushbu vazifaga tayinlangan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘inda Toshkent shahar bosh imom xatibi vazifasini bajarib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov ilmiy ishlar va izlanishlar munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani aytilgan.

Hozirda Rahimberdi Rahmonov «Minor» masjidi imom xatibi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 4 yanvar kuni Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlangan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!