Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bosh muhandis ushlandi

Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bosh muhandis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi SH.X. fuqarolar SH.YA. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!