Toshkent aeroportida bagajlar holatini onlayn kuzatish mumkin

Toshkent aeroportida bagajlar holatini onlayn kuzatish mumkin

Endilikda “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelgan yo‘lovchilar o‘z bagajlari holatini onlayn efir orqali kuzatib turishlari mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston aeroportlari” AJ xabar berdi.

Ilk marotaba dunyoning ko‘plab aeroportlarida qo‘llanilayotgan tajriba yo‘lga qo‘yildi.

Bagaj bo‘linmasining yuk lentalari ko‘rinib turadigan qismiga kameralar o‘rnatildi. Video to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitorlarda namoyish etiladi.

Bagajlar lentaga tushirilganda har bir yo‘lovchi xodimlar narsalarga qanday munosabatda bo‘layotganiga guvoh bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!