«Tolibon» harakati Rossiya buyurtmasiga ko‘ra amerikalik harbiylarni o‘ldirgani to‘g‘risidagi maqolaga raddiya berdi

«Tolibon» harakati Rossiya buyurtmasiga ko‘ra amerikalik harbiylarni o‘ldirgani to‘g‘risidagi maqolaga raddiya berdi

Avvalroq The New York Times gazetasi Rossiya harbiy razvedkasi bo‘linmasi «Tolibon» harakatiga bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi xalqaro koalisiya harbiylarini o‘ldirganlik uchun maxfiy ravishda mukofot taklif qilgani to‘g‘risida yozgandi.

«Biz ushbu da’voni qat’iyan rad etamiz. O‘n to‘qqiz yillik Islomiy Amirlik biror bir razvedka organi yoki xorij davlatining foydasiga bog‘lanmagan va u o‘z maqsadlarini belgilashda hech kimning yordamiga muhtoj emas», — deyiladi bayonotda.

«Tolibon» vakillarining hisoblashicha, bu kabi mish-mishlar AQSh qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilish, Amerikadagi tinchlik tarafdorlarini chalg‘itish, shuningdek, xorij doiralariga buyuk qahramonlik va yutuqlarni qo‘shib qo‘yish maqsadida tarqatilmoqda.

«Biz o‘z xalqimiz va butun dunyoga shuni ma’lum qilamizki, Islomiy Amirlik biror kimning quroli emas va xorij manfaatlarini ilgari surish yo‘lida foydalanilmaydi», — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Oq uy AQSh razvedka xizmati prezident Donald Trampga Rossiyaning amerikalik harbiylarni o‘ldirilishi uchun «Tolibon»ga mukofot taklif qilgani to‘g‘risida hisobot bermaganini ma’lum qildi.

«Odatda Oq uy razvedka ma’lumotlarini muhokama qilmaydi, biroq shuni aytishim mumkinki, prezidentga ham, vise-prezidentga ham bu haqida hisobot berilmagan. Buni ularning o‘zlari, MRB direktori, Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi ham tasdiqlay oladi», — deydi Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenani.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!