“Tolibon” AQShga shart qo‘ydi...

“Tolibon” AQShga shart qo‘ydi...

AQSh va «Tolibon» harakati amerikalik askarlarning Afg‘onistonni avval rejalashtirilganidek 11 sentyabrgacha emas, yozning o‘rtalarigacha tark etishi masalasini muhokama qilgan. 

«Tolo nyus»ning xabar berishicha, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Kobulda muzokaralar o‘tkazgan. U o‘tgan hafta oxirida Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgandan keyin dushanba kuni Afg‘oniston poytaxtiga kelgan. 

Toliblar amerikalik askarlarni Afg‘onistondan olib chiqish muddati 1 maydan 11 sentyabrga cho‘zilganidan norozilik bildirgan va bu Doxada tuzilgan kelishuvga zidligini ta’kidlagan. Shu sababli AQSh iyul oyining o‘rtalarigacha askarlarini Afg‘onistondan olib chiqishi mumkin. 

Agar tomonlar bu masalada kelishuvga erishsa, «Tolibon» Afg‘oniston bo‘yicha Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishga tayyor. Ushbu konferensiya toliblar rozilik bermagani uchun ikki marta kechiktirildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va NATO qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi jarayonini rasman 1 may kuni boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!