Tojikiston ham Suriyadan fuqarolarini olib chiqmoqchi

Tojikiston ham Suriyadan fuqarolarini olib chiqmoqchi

Tojikistonning Kuvaytdagi elchisi Zubaydullo Zubaydzoda Suriyaning Tashqi ishlar va migrantlar masalalari bo‘yicha vaziri Faysal al-Miqdod bilan uchrashgan. Uchrashuvda Al-Xol lageridagi tojikistonliklarni vataniga qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda “Aziyu-Plyus” nashri. 

Zubaydullo Zubaydzoda xuddi shu masalasini Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining Suriyadagi vakillari bilan ham muhokama qilgan. 

Suriyadagi lagerlarda qolayotgan Tojikiston fuqarolarini vataniga qaytarish masalasi o‘tgan yildan beri muhkama qilib kelinadi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suriyalik muxoliflar (asosan kurdlar) nazoratidagi lagerlarda 600 nafarga yaqin tojikistonlik bor. 

2019 yilning 30 aprelida Iroqdan Dushanbega 84 nafar bola olib kelingan edi.  

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "Mehr-3" operasiyasi doirasida yuz nafarga yaqin yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!