"Texosmotr" o‘tkazish huquqini olish uchun qanday uskunalarga ega bo‘lish kerak?

"Texosmotr" o‘tkazish huquqini olish uchun qanday uskunalarga ega bo‘lish kerak?

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslarni avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqini olishga bag‘ishlangan seminarga taklif qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ceminar 7 dekabr kuni soat 14:00 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Mehr ko‘chasi, 56 uy manzilida, IIBB YHXBda o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 22 dekabrida qabul qilingan 1010 sonli qaroriga asosan, 2019 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarini tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarga topshirilishi belgilangan.

Mazkur qarorda aytilishiga ko‘ra, “texosmotr” o‘tkazish huquqini olish uchun texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi quyidagi uskunalarga ega bo‘lishi kerak:

  • o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kg gacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
  • pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
  • tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
  • rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
  • rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
  • chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
  • shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
  • gazonalizator - uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
  • tutun o‘lchash pribori - siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
  • dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
  • shovqin o‘lchash priboriga;
  • oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
  • kompressorga;
  • qinchali manometrga;
  • zarur kompyuter texnikasiga.

Qarorda, shuningdek ayrim texnik diagnostika vositalari, xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti asosida, universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkinligi ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!