Shahram G‘iyosov Terens Krouford bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

Shahram G‘iyosov Terens Krouford bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turgan Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasidagi sobiq chempioni Terens Krouford haqida gapirdi.

“Hech narsa deb bo‘lmaydi. Agar men jahon chempioni bo‘lsam, u esa yana bizning vaznga qaytsa, jang qilishimiz mumkin.

Kanelo bilan juda qiziqarli jang bo‘lishi mumkin. Lekin uning Saulga kuchi yetmaydi. Alvares juda ham baquvvat, Kroufordni Isroil (Madrimov) qiynadi, Kanelo Isroildan ham kuchli”, — dedi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Krouford super yarim o‘rta vaznda WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!