Tarvuz qanday bemorlar uchun xavfli?

Tarvuz qanday bemorlar uchun xavfli?

Diyetologlarning fikricha tarvuz buyrak va yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan odamlar uchun xavfli. Unga ko‘ra, tarvuz 90-95 foiz suvdan iborat mahsulotdir.

Shu sababli suv iste’molini nazorat qilishi kerak bo‘lgan odamlar tarvuz iste’mol qilmasliklari tavsiya etiladi. Ular asosan yurak va buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan odamlardir. Mahsulotning qolgan 5 foizi shakar va fruktozani o‘z ichiga oladi.

Ko‘p miqdordagi fruktoza semirish va yoshga bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, diyetologlar diabet, ateroskleroz va gipertoniya bilan og‘rigan odamlarga bir vaqtning o‘zida tarvuzni ko‘p iste’mol qilmaslikni maslahat beradi. Chunki bu mahsulot tananing qarishiga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!