Tanzila Norboyeva Yaponiyaning yangi imperatori bilan ko‘rishdi

Tanzila Norboyeva Yaponiyaning yangi imperatori bilan ko‘rishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi boshchiligidagi delegasiya Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi tantanali marosimida O‘zbekiston delegasiyasi rahbari uni taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash istagini bildirdilar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Tanzila Norboyevaning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!