Taniqli mafiozning nevarasi Meyvezerdan revansh olishiga yaqin qoldi

Taniqli mafiozning nevarasi Meyvezerdan revansh olishiga yaqin qoldi

Floyd Meyvezer raqibidan 10 kg yengil tosh bosdi.

Ertaga Meksika poytaxti Mexiko shahridagi "CDMX" arenada professional boks kechasi o‘tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangi beshta vaznda sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer hamda aralash yakkakurash ustasi Jon Gotti III o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ertangi jang oldidan rasmiy tarozidan o‘tish hamda face to face marosimlari tashkil etildi. Jon Gotti III tarozida 82,1 kg, 47 yoshli Floyd esa 72,75 kg tosh bosdi.

Bu to‘qnashuv revansh jangi maqomida bo‘ladi. O‘tgan yilgi jangda ham Gotti 82,1 kg vazn qayd etgandi. O‘shanda Meyvezer taroziga chiqishdan bosh tortgan edi. Avvalgi jang oltinchi raundda to‘xtatilgandi. O‘shanda Jonning jamoasi norozilik bildirib, ringga yugurib chiqqan va natijada ikki tomon o‘rtasida dahanaki jang boshlanib ketgandi. Hakamlar esa yakunda Meyvezerni g‘olib deb e’lon qilishgandi.

Ma’lumot uchun, Jon Gotti III taniqli mafioz Jon Gottining nevarasi hisoblanadi. 30 yoshli Gotti 2017 yildan beri professional MMA jangchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning MMAdagi rekordi 5-1ni tashkil etadi. Floyd Meyvezer esa prof boksdagi faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!