Suv va “svet”dan noqonuniy foydalanib kelayotgan MCHJ va fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Suv va “svet”dan noqonuniy foydalanib kelayotgan MCHJ va fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan “Buxoro suv ta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi “D.G.” MCHJga qarashli savdo kompleksi hamda “E.b.” NTM mas’ul shaxslari o‘zboshimchalik bilan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib, jami 1,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.b.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari 2 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 229,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.D. “Shodlik” MFY hududidagi go‘sht do‘konini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 118 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xonqa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.H.” MCHJ rahbari T.I. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 114,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!