Surxondaryoda Milliy gvardiya patrullik xizmati yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryoda Milliy gvardiya patrullik xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida «Xavfsiz shahar — xavfsiz mamlakat» konsepsiyasi asosida jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya Milliy gvardiya matbuot xizmati «Daryo»ga xabar bermoqda.

2018 yil iyun—iyul oylarida Milliy gvardiyaning Surxondaryodagi harbiy qismi xizmatchilari va viloyat IIB xodimlari Jarqo‘rg‘on tumanida kecha-yu kunduz olib boriladigan patrullik xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Asosiy maqsad jamoat joylari, aholi yashash hududlari va mahallalarda fuqarolarning tinchligini ta’minlashdan iborat.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!