Sud qonunbuzarni javobgarlikdan ozod etdi, sababi...

Sud qonunbuzarni javobgarlikdan ozod etdi, sababi...

2019 yil 2 fevralida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat Buxoro shahar sudi navbatdagi ishni ko‘rib chiqdi.

Ishonchli manbamizning yozishicha, 2019 yil 03 yanvar kuni soat taxminan 13:00larda (A.A.A, ism-sharifi o‘zgartirilgan) Buxoro shahrining Ko‘ksaroy ko‘chasida joylashgan Sharq bozorchasi yaqinidagi chorrahada o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashina bilan Kogon yo‘li tomonidan Sharq bozorcha yaqinidagi chorrahasiga qarab harakatlanib, ushbu chorrahadan chap tomonga burilmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Lasetti avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada Neksiya ning old o‘rindig‘ida o‘tirgan fuqaro og‘ir jarohat olgan.

Bu vaziyatda Neksiya haydovchisi amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandidagi svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart ligiga amal qilmagan.

Sudda aybdorning bor aybini bo‘yniga olgani, yetkazilgan zararni qoplashi, qolaversa, jabrlanuvchilarning hech qanday e’tirozi yo‘qligi inobatga olindi. Sud sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tomonlarning yarashuvi munosabati bilan harakatdan tugatib, sudlanuvchini jinoiy javobgarlikdan ozod etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!