Stokgolm Turkiyadagi shvedlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Stokgolm Turkiyadagi shvedlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada bo‘lib turgan Qirollik fuqarolarini Anqara va Istanbuldagi ommaviy yig‘ilishlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

“Biz Turkiyadagi shvedlar, ayniqsa Anqaradagi elchixona va Istanbuldagi Bosh konsullik binosi tashqarisida navbatdagi namoyishlar bo‘lishi mumkinligini haqida xabardor bo‘lishlarini istaymiz”, deyiladi TIV saytida.

Bu murojaatga Shvesiyaning har ikki diplomatik vakolatxonalarida yaqinda bo‘lib o‘tgan namoyishlar sabab bo‘ldi. TIV shvedlarni Turkiyadagi ommaviy yig‘ilishlardan uzoq turishga, xushyorlikni oshirishga chaqirdi.

Bundan avval Germaniya, AQSh va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklarini Turkiyadagi o‘z vatandoshlarini shunday ogohlikka chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!