SSV: Yuqumli kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari kamaymoqda

SSV: Yuqumli kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari kamaymoqda

Avvallari aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida turli yuqumli kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan. Chunki ular qator xavfli infeksiyalarga qarshi emlanmagan.

Bugungi kunda esa o‘g‘il-qizlarning hayotiga zomin bo‘lgan bunday xavfli xastaliklarning oldini olish imkoni bor.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim rahbari Dilorom Tursunova bilan suhbatimizni shu mavzuda davom ettirdik.

— 2000 yilgacha o‘g‘il-qizlarimiz 6 turdagi infeksiyaga qarshi emlangan xolos, — deydi D. Tursunova. — 2001 yildan hozirgi vaqtga qadar yana 7 turdagi vaksina profilaktik emlash kalendariga kiritilib, ular soni 13 taga yetkazildi.

Ana shu vaksinalarning aksariyati bola bir yoshga to‘lgunicha qo‘llaniladi. Masalan, 2001 yildan beri 1 sutkalik chaqaloqlar virusli gepatit Vga qarshi VGV vaksinasi bilan emlanadi.

2000 yilgacha difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi faqat AKDS vaksinasi qo‘llanilgan. Keyinchalik profilaktik emlash kalendariga o‘zgartirish kiritilib, 2, 3 va 4 oylik chaqaloqlarni Penta-1, Penta-2 hamda Penta-3 kombinasiya qilingan vaksinalari bilan emlash yo‘lga qo‘yildi.

Qolaversa, ilgari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar virusli diareya kasalligi tufayli ham nobud bo‘lar edi. Bu kasallikni rotavirus infeksiyasi keltirib chiqarishi aniqlangach, unga qarshi vaksina ham yaratilib, 2014 yilda profilaktik emlash kalendariga kiritildi.

Hozir bolalar 2, 3 va 4 oyligida tegishli ketma-ketlikda Rota-1, Rota-2, Rota-3 vaksinalari bilan emlanmoqda. Natijada o‘g‘il-qizlar o‘rtasida virusli diareya kasalligidan o‘lim holatlari kuzatilgani yo‘q.

2018 yilda pnevmakokk kasalligiga qarshi bola 2, 3 va 12 oylik bo‘lganida qo‘llaniladigan Pnevmo-1, Pnevmo-2, Pnevmo-3 vaksinalari profilaktik emlash kalendariga kiritildi.

Shu yili 2, 3, 4 va 16 oylik bolalarni poliomiyelitga qarshi vaksina bilan emlash ham joriy qilindi.

Bolalar 12 oylik vaqtida qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi KPK-1, olti yoshligida esa KPK-2 vaksinalari bilan emlanadi.

Milliy emlash kalendariga 2019 yildan bachadon bo‘yni saratoniga qarshi qo‘llaniluvchi OPV vaksinasi ham kiritildi. Har yili 9 yoshli 350 ming nafardan ortiq qizlar ushbu vaksina bilan emlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!