Somali yarim orolidagi mamlakatlarda so‘nggi 40 yildagi eng dahshatli qurg‘oqchilik kuzatildi

Somali yarim orolidagi mamlakatlarda so‘nggi 40 yildagi eng dahshatli qurg‘oqchilik kuzatildi

Sharqiy Afrikaning Somali yarim orolidagi mamlakatlarda so‘nggi 40 yildagi eng dahshatli qurg‘oqchilik kuzatildi. Bu haqda «Tacc» xabar bermoqda.

Odatda aprel - yomg‘irli mavsum, lekin bu yil osmondan bir tomchi ham tushmadi. BMT rasmiylariga ko‘ra, bu yerda suv va ozuqa yetishmasligidan 3 million hayvon nobud bo‘lgan.

Asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechiradigan 20 million mahalliy aholi ochlik xavfi ostida. Minglab ko‘chmanchilar uchun bu haqiqiy falokat.

“Menimcha, biz eski hayot tarzimizni saqlab qola olmaymiz. Echkilar o‘z tezagini, tuyalar boshqa tuyalarni yeganini ko‘rdim. Hayotimda hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman" degan mahalliy aholi vakillari jurnalistlarga.

Efiopiyada ko‘proq to‘yib ovqatlanmaydigan bolalar kasalxonaga yotqizilmoqda, ba’zilari og‘ir ahvolda.

YUNICEF rahbariyati Jibuti, Efiopiya, Somali va Keniyada o‘n million bola xavf ostida va shoshilinch yordamga muhtoj ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!