Sobiq Ispaniya qiroli mamlakatni tark etishga qaror qildi

Sobiq Ispaniya qiroli mamlakatni tark etishga qaror qildi

Korrupsiya mojarosining markazida turgan sobiq Ispaniya rahbari, qirol Xuan Karlos mamlakatni tark etishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi qirol saroyi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xuan Karlos o‘g‘liga, hukmronlik qilayotgan monarx Felip VI ga chet elga borishga qaror qilgani haqida aytib bergan.

"Ispaniya fuqarolari va uning muassasalariga, shuningdek, qirol sifatida sizga imkon qadar eng yaxshi xizmatni amalga oshirish istagi asosida, men bu safar Ispaniyani tark etishga qaror qilganim to‘g‘risida xabar beraman", deyilgan maktubda.

Qirolning aynan qayerga bormoqchi ekanligi haqida ma’lumot berilmagan. Felip VI otasiga minnatdorchilik bildirgan va "uning hukmronligi tarixiy ahamiyatga ega" ekanligini ta’kidlagan.

2014 yilda Xuan Karlos o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi, ammo qirol unvonini saqlab qoldi.

Iyun oyi boshida Ispaniya Oliy sudi prokuraturasi sobiq hukmdorga qarshi Saudiya Arabistonida Makka va Madina o‘rtasida tezyurar temir yo‘l qurilishi shartnomalari bo‘yicha tergov ochdi. Tergovga ko‘ra, Xuan Karlos Saudiya qiroli atrofidagilaridan pora olgan bo‘lishi mumkin.

Mart oyida bo‘lib o‘tgan janjal natijasida, Felip VI otasini qirollik uyining byudjetidan mahrum qilishga qaror qildi, shuningdek, merosdan ham voz kechdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!