Ukraina bojxonasining sobiq boshlig‘i sohadagi korrupsiya holatiga oid haqiqatni ochiqladi

Ukraina bojxonasining sobiq boshlig‘i sohadagi korrupsiya holatiga oid haqiqatni ochiqladi

Ukraina bojxonasining sobiq boshlig‘i, 2020 yil 27 apreldan 19 avgustgacha bo‘limni boshqargan Igor Muratov "Svobodniy" nashriga bergan intervyusida bo‘limdagi tizimli korrupsiya haqida gapirdi.

"Bugungi kunda bojxonada qancha pul o‘g‘irlanadi? Har xil hisob-kitoblarga ko‘ra, byudjet bojxonada yiliga 1-3 milliard dollar yo‘qotadi. Bu oyiga 250 million dollar degani!" - deydi Muratov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada "kontrabanda idorasi" bor, uning ortida esa Bojxona xizmatining yuqori menejmenti turibdi.

"Biz bu mablag‘ni byudjetga yo‘naltirishga harakat qildik, ma’lum darajada muvaffaqiyatga erishdik, ammo, baribir, hozir qayerdamiz? Ular bizning lavozimimizni tortib olishmoqda, bizni ishdan bo‘shatishmoqda, ishlashimizga ruxsat berishmaydi. Bunga hamiyat bermaydiganlar, “ularning” gapiga kiradiganlarda esa hammasi yaxshi, ular lavozimga ko‘tarilishadi, pul ishlashadi va hamma bundan mamnun! " - deydi Muratov bojxonada korrupsiyaga qarshi kurash taxminan to‘rt oy oldin to‘xtaganini qo‘shimcha qilar ekan.

Muratov bojxona huquqi bo‘yicha mutaxassis hamda bojxona nazorati tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qator qonunlar va me’yoriy hujjatlar muallifidir.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!