Skoulz: “Afsuski, "Manchester Yunayted” bu mavsumda g‘olib bo‘la olmaydi”

Skoulz: “Afsuski, "Manchester Yunayted” bu mavsumda g‘olib bo‘la olmaydi”

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz “qizil iblislar”ning bugun start oladigan yangi mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Joze Mourinyo ketadimi, yo‘qmi, bilmayman. U tajribali murabbiy, har xil vaziyatlarni ko‘rgan. Joze hozir qiyin vaziyatda va u bu vaziyatdan chiqib ketishi kerak.

Hozirgi “Manchester Yunayted”ning darajasi “Manchester Siti” yoki “Liverpul”nikidek emas. Umid qilamanki, bu fikrim xato bo‘lib chiqadi. Ammo o‘ylashimcha, “Manchester Yunayted” bu mavsum g‘oliblik uchun da’vogarlik qila olmaydi”, dedi Skoulz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!