Sirdaryoda ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga qamaldi

Sirdaryoda ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga qamaldi

Sirdaryolik erkak uylanganiga ko‘p vaqt bo‘lmasada, ayoli va qaynonasining qotiliga aylandi, deya xabar bermoqda Uznews.

Ishda aniqlanishicha, sudlanuvchi erkak voqea sodir bo‘lgan kuni o‘zi ishlaydigan do‘kon g‘aznasidan 15 mln so‘m pullarni o‘g‘irlagan va shundan so‘ng qotillik sodir qilgan. Qotillikka oilaviy janjal sabab bo‘lgani sud majlisida ma’lum bo‘ldi. Janjal to‘yga olingan mebel pullari to‘lanmagani uchun mebelchilar ularni olib chiqib ketgani ortidan kelib chiqadi.

Er-xotin janjaliga qaynona ham aralashadi. Chunki Tojikiston fuqarosi bo‘lgan kelinning O‘zbekiston hududida bo‘lish muddati o‘tib ketgani uchun ukasi tashlab bergan 2 mln 300 ming so‘m jarima pulini kuyov ishlatib qo‘ygani qaynonaning e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Sudlanuvchi tungi soat 01:40 atrofida qaynonasi va turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirish maqsadida ular yashaydigan xonadonga mast holatda kelib, ular bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal natijasida erkak o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan dastlab qaynonasining badaniga 6 marotaba urib qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, jinoyatni davom ettirib turmush o‘rtog‘ining badaniga 15 marotaba pichoq urib qasddan o‘ldiradi.

Erkak qotillikni sodir etganidan keyin pichoqni ko‘chaga uloqtirib, qotillik qurboni bo‘lgan qaynona va kelinni ustidan qulflab pullarni olib voqea joyidan qochib ketadi.

Sud majlisida sudlanuvchiga JKning 97-moddasi 2-qismi "a,j" bandlari bilan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini dastlabki 3 yilini tyurmada qamash tariqasida o‘tattirish belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!