Sintezatorda kuy chalishni o‘rganib olgan to‘tiqush internet foydalanuvchilarini hayron qoldirdi (video)

Sintezatorda kuy chalishni o‘rganib olgan to‘tiqush internet foydalanuvchilarini hayron qoldirdi (video)

Video boshida Jenni laqabli to‘tiqush kompozisiya nomini aytadi hamda buning uchun egasi tomonidan mukofotlanadi.

Shundan so‘ng u kuyni chala boshlaydi. To‘tiqush qizil tusda tovlanayotgan kerakli klavishlarni tumshug‘i bilan bosadi.

Jenni mashhur kuyni xatosiz va uzluksiz ijro etadi. Buni ayrim hollarda tajribali pianinochilar ham qila olmaydi.

Video so‘nggida to‘tiqush egasi uni maqtab juda yaxshi chalganini aytadi. Qushning qobiliyatini internet foydalanuvchilari ham yuqori baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!