Shveysariya soatlari eksporti Xitoydagi talabning pasayishi tufayli pasaydi

Shveysariya soatlari eksporti Xitoydagi talabning pasayishi tufayli pasaydi

Shveysariya soatlari eksporti bir qancha mamlakatlarda, jumladan, Xitoyda talabning kamayishi tufayli kamaydi.

Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Shveysariya soat sanoati federasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport 2024 yil mart oyida o‘tgan yilga nisbatan qiymat jihatidan 16 foizga kamaydi.

Xitoyga yetkazib berish 42 foizga kamaydi.

Qayd etilishicha, Xitoy Shveytsariya soatlari uchun ikkinchi yirik bozor hisoblanadi.

Maqolada Gonkong alohida sektor sifatida ham ta’kidlangan. U yerda soatlar yetkazib berish 44 foizga kamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!