Shveysariya parlamenti farzandli bo‘lgan otalarga ikki hafta ta’til berilishini yoqlab chiqdi

Shveysariya parlamenti farzandli bo‘lgan otalarga ikki hafta ta’til berilishini yoqlab chiqdi

Shveysariya Federal yig‘ini Milliy kengashining aksariyat a’zolari farzandli bo‘lgan otalarga ikki hafta ta’til berish masalasini yoqlab ovoz berdi, deb xabar qiladi «Kommersant’».

RTS telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, ta’til berishni 129 kishi yoqlagan bo‘lsa, 62 kishi bunga qarshi ovoz bergan.

Ta’tilni bola tug‘ilganidan boshlab olti oy ichida olish mumkin. Mazkur tashabbus har yili 231 million dollarga tushishi mumkin.

Moliyalashtirish ish beruvchilar va ishchilarning o‘zlari yo‘qotgan yordam pullari evaziga amalga oshiriladi. To‘lanadigan maksimal mablag‘ — 197 dollarga teng.

Manba: hidoyat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!