Shveysariya ham ota-bola Lukashenkolarga qarshi sanksiyalarni joriy etdi

Shveysariya ham ota-bola Lukashenkolarga qarshi sanksiyalarni joriy etdi

Shveysariya Federal kengashi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va yana 14 kishiga qarshi sanksiyalarni qabul qildi.

Cheklovlar 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 dan kuchga kirgan. Shveysariya Belarus amaldorlarining moliyaviy aktivlarini muzlatib qo‘ygan va ularning mamlakatga kirishi yoki tranzit orqali o‘tishi taqiqlangan.

Sanksiyaga uchraganlar ro‘yxatidan Lukashenodan tashqari, uning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblangan o‘g‘li Viktor Lukashenko ham o‘rin olgan.

Shunday qilib, Shveysariya Yevropa Ittifoqi tomonidan 6 noyabr kuni qabul qilingan qarorni qo‘llab-quvvalagan. Shuningdek, YI Belarusga qurol-yaroqlar yetkazib berilishiga qo‘yilgan embargoni uzaytirgan edi.

Avvalroq Aleksandr Lukashenkoning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan barcha tadbirlarda ishtirok etishi taqiqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!