Shoygu Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berishni taklif etgandi

Shoygu Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berishni taklif etgandi

G‘arb matbuoti Rossiya 2022 yilda Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berish mumkinligi faktini oshkor qildi. Kremlparast kanalning ta’kidlashicha, ular 2022 yil kuzida yadro qurolidan foydalanish va G‘arbning ularga nisbatan keskin munosabat bildirishi mumkinligini bilishgan.

“2022 yil oktyabr oyida biz amerikaliklar mamlakatimizning yadroviy ritorikasiga javoban Sergey Shoyguga shaxsan qanday tahdid qilgani haqida yozgan edik. Shu bilan birga, biz Moskvaga raketa hujumlari xavfi va Rossiya poytaxtini vaqtincha boshqa shaharga ko‘chirish rejalari haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan edik. O‘shanda ko‘pchilik bizni vahimada ayblagandi, lekin biz tahdidlar haqida bilardik. Va nafaqat poytaxt uchun”, – deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi, Bosh shtab va Kremldagi manbalarga ko‘ra, o‘shanda Sergey Shoygu Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berishni taklif qilgan.

Zarba nishoni sifatida Donesk oblasti, shuningdek, Xerson oblasti, Kiyev, Odessa va Lvovda joylashgan bir qancha muhim harbiy ob’ektlar ko‘rib chiqilgan.

“Shoygu o‘z taklifini “aks holda biz maxsus harbiy amaliyotda mag‘lub bo‘lishimiz mumkin” degan so‘zlar bilan Vladimir Putinga yetkazgan. Prezident o‘ylashga vaqt ajratadi, ammo yakunda Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning bir qancha generallari uni bunday qadamdan qaytaradi”, — deyiladi xabarda.

“Ular amerikaliklarning aniq tahdidlarini olgach, uni ko‘ndirishdi. Ular yadro qurolidan foydalanilgan taqdirda Rossiyaga yadro quroli bilan emas, balki ommaviy (bir necha yuz raketalardan foydalangan holda) hujum qilinishi haqida ogohlantirgan. Nishonlar orasida, xususan, Moskva, Qrimdagi ko‘plab ob’ektlar, Sankt-Peterburg va mahsus harbiy amaliyot zonasidagi qo‘shinlarimiz bor edi. Mamlakatning 30 dan ortiq hududlari hujumga uchrashi mumkin edi va Qo‘shma Shtatlarda ular qaerga zarba berishlarini yashirmadi va bizning havo mudofaamizga bardosh bera olmasligiga ishonch hosil qilishdi. Aytgancha, o‘shanda prezident bu tafsilotlarni bilmasdi; harbiylar unga soddalashtirilgan va unchalik aniq bo‘lmagan ma’lumotlarni aytishgan”.

O‘shandan beri Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanish masalasi muhokama qilinmagan.

“Hozir ham yadroviy zarba berishga tayyor emas. Shuning uchun ham ko‘pchilik suhbatdoshlarimiz Ukrainaga NATO qo‘shinlarining ehtimoliy kiritilishiga Rossiyaning javob qaytarishi qiyin bo‘lishini va agar u yerda NATO qo‘shinlari paydo bo‘lsa, maxsus harbiy amaliyot mag‘lub bo‘lishi jiddiy tahdidi borligi haqida gapirmoqda”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!