AQShda tornado oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Missuri shtatida tabiiy ofat oqibatida kamida 12 kishi vafot etgan. 316 mingdan ortiq aholi elektr energiyasidan mahrum bo‘lib qolgan.
Arkanzas shtatida esa tornado tufayli uch kishi halok bo‘lgan va kamida 29 kishi tan jarohati olgan. Ushbu shtatda momaqaldiroq va tornado sababli favqulodda holat e’lon qilingan. Texas shtatining Amarillo shahri atrofida yuz bergan dovul natijasida yana uch kishi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Kanzasda 8 kishi, Missisipida 4 kishi, Oklaxomada 1 kishi
Milliy ob-havo xizmatining ob-havoni bashorat qilish markaziga ko‘ra, hozir eng katta xavf janubiy shtatlarga tahdid solmoqda. Tornado yaqin soatlarda g‘arbiy Florida va Jorjiyaga yetib borishi kutilmoqda. Sinoptiklarning aytishicha, tornadoning faolligi pasaymoqda, biroq ayrim shtatlar uchun xavf saqlanib qolmoqda.