"Shifokorman. YPX xodimlari ma’lumotnomam va mehnat daftarchamning nusxasini yirtib tashlashdi"

"Shifokorman. YPX xodimlari ma’lumotnomam va mehnat daftarchamning nusxasini yirtib tashlashdi"

Bugun AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Men Buxorodagi tuman tibbiyot birlashmasida vrach bo‘lib ishlayman. Bugun menga DAN xodimlari shaxsiy moshinamdan foydalanmay ishga borishimni aytishdi. Ish joyimdan ma’lumotnoma bilan mehnat daftarchasi kopiyasini ko‘rsatsam, yirtib tashlashdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

❗️Bu NOTO‘G‘RI. Birinchidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnomalar TALAB ETILMASLIGI aniq belgilab berilgan.

? Asos — Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar Ro‘yxatining 1-bandi.

✔️ Ikkinchidan, vaqtinchalik tartib viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanishni cheklaydi. Tuman yoki qishloqqa taalluqli emas.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!