Shifokor ayolning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Shifokor ayolning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Biroz avval O‘q otish bo‘yicha Rossiya terma jamoasi shifokori Yevgeniya Ivanovaning vafot etgani haqida xabar bergandik. Uning dugonasi mazkur holatga oydinlik kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevgeniya avtofalokat natijasida halok bo‘lgan. Bu fojia Leningrad viloyatidagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Qizning aytishicha, so‘nggi ikki haftada mazkur yo‘lda uchta YTH sodir bo‘lgan.

Yevgeniya Lada Granta avtomashinasini boshqarayotgan edi. U kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotgan va mashinani to‘xtatishga ulgurmagan. Natijada qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasiga borib urilgan. Yanvar oyi oxiridan boshlab bu yo‘lda uchta halokatli voqea ro‘y berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi, ular orasida 8 va 13 yoshli qizlar ham bor, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!