Shavkat Mirziyoyevning Respublika bo‘ylab navbatdagi safari joyi va vaqti ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevning Respublika bo‘ylab navbatdagi safari joyi va vaqti ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu haftada Qashqadaryo viloyatiga boradi. Davlat rahbari 13-14 dekabr kunlarida navbatdagi tashrifini amalga oshiradi.

Tashrif davomida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati, transport va turizm infratuzilmasi, ta’lim va madaniyat muassasalari bilan tanishishi, shuningdek, jamoatchilik bilan muloqot qilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti respublika hududlari bo‘ylab tashriflarining navbatdagi bosqichini 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish bilan boshlagandi. Prezident 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!