Shavkat Mirziyoyev Putinga qanday ta’rif berdi?

Shavkat Mirziyoyev Putinga qanday ta’rif berdi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Toshkentdagi samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qildi, shu bilan birga, u O‘zbekiston rahbarining o‘zi haqidagi so‘zlarini biroz bo‘rttirilgan deb atadi, deya xabar bermoqda TASS.

"Kun" nashrining xabar berishicha ikki davlat rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha matbuot uchun qo‘shma bayonotida O‘zbekiston yetakchisi hamkasbi va Rossiya delegasiyasi vakillarini qutladi.

«O‘zbekistonda bizni Rossiya Federasiyasining ulkan yutuqlari quvontiradi, ular, birinchi navbatda, jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi Vladimir Vladimirovich Putinning dono, uzoqni ko‘ra bilgan va qat’iy siyosati tufayli amalga oshdi», - dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, u Rossiya Federasiyasi prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izchil shaxsiy sa’y-harakatlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, Putin samimiy qabul, shuningdek, samarali muzokaralar uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi.

«Menimcha, Shavkat Miromonovich mening tarixga qo‘shgan hissamni biroz oshirib ko‘rsatdi», - dedi Rossiya rahbari.

Shu bilan birga, uning ko‘rsatishicha, Rossiya tomoni uchrashuv davomida «kelishib olingan barcha narsani» bajaradi. Putinning ishonch bildirishicha, bu ikki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!