Shavkat Mirziyoyev: KPSS kunlari qaytib kelmasin

Shavkat Mirziyoyev: KPSS kunlari qaytib kelmasin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlisda prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari ish uslubini o‘zgartirishi bo‘yicha munosabat bildirdi.

KPSS paytida soat beshgacha shtab bo‘lardi. O‘zim guvohman. Beshdan keyin u yana ishga chiqishi kerak. Bu qonunga kirgandi. Bu kunlar qaytib kelmasin, O‘zbekistonda bunday bo‘lmasin.

Hukumat qonun va qarorlar ijrosini to‘g‘ri tashkil etib, ularning qishloq va tumanlarga yetib borishini ta’minlashi kerak. Vazirlar va idora rahbarlari ishini oqilona tashkil etishi kerak. Ijro endi qog‘ozga qarab emas, erishilgan natijaga qarab baholanadi,” - dedi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!