Seuldan Toshkentga qaytgan fuqarolarning karantinga olinishiga izoh berildi

Seuldan Toshkentga qaytgan fuqarolarning karantinga olinishiga izoh berildi

Joriy yil 26 fevral kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishida Toshkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uchgan samolyot bortida 1996 yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot 20:55da Seul aeroportiga qaytarilgan. Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Shundan so‘ng, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:59da Seuldan poytaxtimizga 232 nafar passajir, 12 nafar ekipaj a’zolari bilan jami 244 nafar fuqaro uchgan va joriy yil 27 fevral kuni, bizning vaqtimiz bilan soat 05:58da Toshkent halqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Seul shahrida qolgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.dan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!