Saylov uchun MSKga ajratilgan 300 mlrd so‘m qanday taqsimlangandi?

Saylov uchun MSKga ajratilgan 300 mlrd so‘m qanday taqsimlangandi?

Mablag‘ning qariyb 90 foizi saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan. 5 foiz mablag‘ siyosiy partiyalarga (har biriga 3,1 mlrd so‘mdan) taqsimlangan.

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

MSK axborotiga ko‘ra, bu mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:

  • okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun umumiy mablag‘ning 89 foiz miqdorida yoki 267,6 mlrd so‘m;
  • beshta siyosiy partiyalarning saylovda ishtirokini moliyalashtirish uchun 5 foiz miqdorida yoki 15,5 mlrd so‘m, har bir siyosiy partiya uchun 3,1 mlrd so‘mdan;
  • Markaziy saylov komissiyasi tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan xarajatlar uchun 4 foiz miqdorida yoki 10,5 mlrd so‘m;
  • boshqa davlat organlari tomonidan saylov jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar xarajatlariga 2 foiz miqdorida yoki 6,4 mlrd so‘m.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!