Saudiya Arabistoni ham Bayraktar’ga xaridor bo‘lmoqda

Saudiya Arabistoni ham Bayraktar’ga xaridor bo‘lmoqda

Saudiya Arabistoni Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz qurilmalarini sotib olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Tactical Report geosiyosiy va savdo razvedkasi sayti ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistoni harbiy sanoati turk uchuvchisiz qurilmalariga qiziqish bildirdi va Baykar kompaniyasi bilan muzokara o‘tkazishga tayyor”, – deyiladi saytda e’lon qilingan hisobotda.

Turkiya dronlari bir qator nizolar, xususan, Suriya, Liviya, Tog‘li Qorabog‘ hamda Ukrainada harbiy mojarolarda keng qo‘llanishi ortidan xalqaro e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.

Agar Tactical Report hisoboti haqiqatga to‘g‘ri kelsa, Saudiya Arabistoni Nigeriya, Efiopiya, Qatar, Liviya, Marokash va Polsha qatorida Bayraktar’ning navbatdagi foydalanuvchisiga aylandi.

Riyoz va Anqara munosabatlari 2018 yildan keyin ancha iliqlashdi. 2018 yilda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi ikki davlat munosabatlarining sovuqlashishiga olib kelgandi.

O‘tgan oy oxirida Rajab Toyyib Erdog‘an Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.

Ikki davlat turli yo‘nalishlar, xususan, mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan. Saudiyaga tashrifidan avval Erdog‘an mudofaa va moliya sohalarida hamkorlik ikki davlat manfaatlariga javob berishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!