Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi

Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi

2018 yil 9 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchilar O.X. va YO.M. “Ergashxon” xususiy korxonasi hududida o‘zaro janjal sabab Mundiyon qishlog‘ida yashagan M.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.A. sog‘lig‘i yomonlashib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 13 sentyabr kuni vafot etgan. O.X. va YO.M. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!