Rossiyaning Tu-160 samolyotlari yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Rossiyaning  Tu-160 samolyotlari yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Rossiyaning Tu-160 strategik qiruvchi samolyotlari 19 sentyabr kuni yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib "sputniknews-uz.com" xabar qildi.

“Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji Tu-160 strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Uchuvchilar 25 soatdan ko‘proq vaqt havoda bo‘lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tishdi”,  deydi Rossiya Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash.  

Kobilash ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoqqa uchmaganligini qo‘shimcha qildi.

2010 yildagi avvalgi rekordni ham Tu-160 o‘rnatgan. O‘shanda parvoz 24 soatu 24 daqiqa davom etgan.

Tu-160 qiruvchi samolyotlari parvozi  yo‘nalishi Shimoliy Muz va Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Barensevo dengizlarining neytral hududlari bo‘ylab o‘tgan.

Parvoz va qo‘nish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida amalga oshirilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!