«Rossiyani egish». Lukashenko bayonot bilan chiqdi

«Rossiyani egish». Lukashenko bayonot bilan chiqdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalardan foyda olishga harakat qilayotgani haqidagi taxminlarni «ahmoqlik» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u sanksiyalar masalasida «sichqon o‘yin o‘ynamaydi», Belarus esa Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiya cheklovlaridan «hech narsa ololmaydi».

«Bu yerda hech qanday yashirin oqimlar yo‘q - zaiflashib qolgani yoki zaiflashayotgani yoxud yomon holatda bo‘lgani uchun Rossiyani egish lozim emas», - deya ma’lum qildi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday yondashuv hech qachon bo‘lmagan. Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, bunday pozisiya «butunlay ahmoqlik» bo‘ladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!