Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

10 may, seshanbaga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgning Sofiyskaya ko‘chasidagi hududda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot idoralariga tayanib 78.ru' xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburglik fuqaro politsiyaga murojaat qilib, mushtlashuvda birdaniga bir nechta erkak ishtirok etganini aytadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri kasalxonaga, yana yetti nafari politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Bezorilar orasida Gruziya, Dog‘iston, O‘zbekiston, Kabardino-Balkariya Respublikasida, Novgorod viloyatida tug‘ilgan fuqarolar, shuningdek, ikki nafar mahalliy aholi ham bor bo‘lgan. Ularning deyarli hech biri ilgari qonun bilan bog‘liq muammolarga duch kelmagan, faqat peterburgliklardan biri ilgari sudlangani ta’kidlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!