Rossiyada ishlagan davr pensiya tayinlashda hisobga olinadimi?

Rossiyada ishlagan davr pensiya tayinlashda hisobga olinadimi?

Amaldagi pensiya qonunchiligiga asosan chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi:

2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.

Chet elda ishlagan davrlar uchun ijtimoiy soliqlar to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qarori (https://lex.uz/docs/2904908) bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan. Bunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

har oyda yoki har chorakda;

biryo‘la – O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!