Rossiyada 430 nafar migrantning bir uyda ro‘yxatdan o‘tishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Rossiyada 430 nafar migrantning bir uyda ro‘yxatdan o‘tishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Tyumen viloyati sudi o‘z kvartirasiga yuzlab migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan ayolga hukm chiqardi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Ayol Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga 150 ming rubl jarima belgilangan.
 
Sud tyumenlik ayol 3 xonali kvartirasiga Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan 430 nafar mehnat migrantini o‘z  uyida yashashi haqida ro‘yxatdan o‘tkazganini aniqlagan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!