Rossiya Xitoy uchun gazni arzonlashtiradi

Rossiya Xitoy uchun gazni arzonlashtiradi

Xitoy uchun yoqilg‘i narxi deyarli 30 foizga arzonlashadi.

Rossiya Xitoyga kamida 2027 yilgacha Yevropa iste’molchilariga qaraganda 28 foizga arzon gaz yetkazib beradi. Bu haqda Bloomberg agentligi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi prognoziga asoslanib xabar bermoqda.

«Osiyo mamlakati uchun gaz narxi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan iqtisodiy prognozga ko‘ra, kamida 2027 yilgacha Rossiyaning boshqa yevropalik mijozlariga nisbatan 28 foizga arzon bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi nashrda.

Prognoz Moskvaning G‘arb bilan qarama-qarshilik sharoitida Xitoy bilan energetika aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha intensiv sa’y-harakatlaridagi moliyaviy cheklovlarga ishora qiladi, deb ta’kidlaydi Bloomberg.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!