Rossiya deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini (IES) yo‘q qildi, atom elektr stansiyalariga hujumlar istisno qilinmaydi – Zelenskiy

Rossiya deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini (IES) yo‘q qildi, atom elektr stansiyalariga hujumlar istisno qilinmaydi – Zelenskiy

Prezident Vladimir Zelenskiy rossiyaliklar Ukraina atom elektr stansiyalari infratuzilmasiga hujum qilishi mumkinligini istisno etmayapti va shu munosabat bilan Ukrainani zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashni so‘ramoqda. Bu haqda davlat rahbari Yevropa kengashi yig‘ilishidagi onlayn nutqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks-Ukraina”.

“Rossiya bizning deyarli barcha IESmizni yo‘q qildi. To‘g‘on va gidroelektr stansiyalar, shuningdek, gaz infratuzilmasi terroristik hujumlarga uchramoqda. Rossiya radiasiyaviy shantajdan voz kechmayapti va xususan, Zaporoje atom elektr stansiyasi xavfsizligi bilan shafqatsizlarcha o‘ynashda davom etmoqda. Boshqa atom elektr stansiyalarimiz va tarqatish tarmoqlarimiz infratuzilmasi ham Rossiya terrori tahdidi ostida ekanligini istisno qilmaymiz”, — dedi u.

Zelenskiy yana bir bor havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

“Buni faqat havo mudofaasi – Patriot, Iris-T, Samp-T, Nasams kabi maxsus tizimlar to‘xtatishi mumkin. Sizda tizimlar bor. Ular Ukrainaga hozir kerak – ular Putinning terrorchilik usullaridan foydalanishining oldini olish uchun kerak”, — degan prezident.

U “Rossiya armiyasi o‘z kuchini qurolli tarkibga tegishli deyarli hamma narsada his qiladi”, – deb tan oldi. Aynan mana shu kuch – artilleriya, texnika, osmonda harakat qilish qobiliyati tufayli ular bizga bosim o‘tkazmoqda va asta-sekin harakat qilmoqda. Putin endi kontrhujumda muvaffaqiyat qozonishiga umid qilmoqda va bu umidning birdan-bir ildizi askarlarimizda qurol-yarog‘ yetishmasligidadir”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!