Rossiya AQShga yordam bermoqchi

Rossiya AQShga yordam bermoqchi

Rossiya AQShga Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishda Tolibon bilan muzokaralar o‘tkazishda yordam berishga tayyor, deya xabar beradi O‘zA .

Tolibon va muxolif afg‘on siyosatchilari o‘rtasida Moskvada tinchlik muzokaralari o‘tkazilgandan bir kun o‘tib, Rossiya tomoni ushbu taklifni kiritgan.

Muzokaralar jarayonida Tolibon vakili AQSh Afg‘onistondan askarlarini olib chiqishi borasida aniq kelishilgan vaqt yo‘qligini aytgan.

Shundan so‘ng bu borada AQSh hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish taklifi kiritildi.​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!