Rossiya aholisi bir yil ichida 550 mingdan ortiq kishiga kamaydi

Rossiya aholisi bir yil ichida 550 mingdan ortiq kishiga kamaydi

Rosstat e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya aholisi 2022 yil 1 yanvarga nisbatan 550 ming kishidan ko‘proqqa kamaygan holda 146 million 424 ming kishini tashkil etadi.

2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi aholisi 146 million 980 ming kishini tashkil qiladi.

Ayni paytda shahar aholisi 109,6 million kishini, qishloq aholisi esa 36,8 million kishini tashkil etadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, statistik ma’lumotlar Rossiyaning "yangi hududlari" aholisini hisobga olmaydi.

Aholini hisoblash oxirgi aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida tuziladi, unga tug‘ilganlar, o‘lganlar va ketganlar soni qo‘shiladi va ayiriladi.

2021 yil oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilgan Butunrossiya aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisi 147 million 241 ming kishiga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!