Roskomnadzor va FXX Telegram arxitekturasi o‘zgartirilishini talab qildi

Roskomnadzor va FXX Telegram arxitekturasi o‘zgartirilishini talab qildi

Endi Telegram  asoschisi Pavel Durovdan messenjerni uning shifrlash kalitlarini maxsus xizmatlarga bera oladigan qilib o‘zgartirish talab qilinmoqda.  

“Fikrimizcha, messenjerning har qanday arxitekturasi Rossiya qonunchiligi bajariladigan qilib o‘zgartirilishi kerak. Shu sababli, Telegram shifrlash kalitlarini berish texnik imkoniyatiga ega”, deyilgan FXXda.

Durov shifrlash kalitlari foydalanuvchilar qurilmalaridagina saqlanishi, bu esa messenjer dadsturchilariga ularga egalik qilishga imkon bermasligi va demakki, kalitlar FXXga ham berila olmasligini bir necha bor aytgan. Bundan tashqari, kalitlarni berish shaxsiy hayotga daxlsizlikning buzilishi hisoblanadi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!