Ronaldu «Yuventus»ni qachon tark etishini aytdi

Ronaldu «Yuventus»ni qachon tark etishini aytdi

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikki yillik faoliyatidan keyin mavsum yakunida Turin klubini tark etishi mumkin. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist va insayder Pyetro Balsano Prota xabar bergan.

«35 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum yakunida «Yuventus» klubini tark etishga yaqin turibdi. Uning klubdan nega ketmoqchi bo‘layotgani sababi hozircha ma’lum emas», - deyiladi manbada.

Ronaldu 2018 yilda «Real» klubidan 117 million yevro transfer puli evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan bo‘lib, uning shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan. 

Portugaliyalik forvard joriy mavsumda «Yuve» safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!